Doctor Mallaev Logo

Ta'lim

«Doctor Mallaev» akademik gospitali O'zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta'lim standartlariga muvofiq, yetuk va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2026/2027-o'quv yili uchun Klinik ordinatura dasturiga qabul boshlanganini ma'lum qiladi.

📋 Umumiy ma'lumotlar

Ta'lim shakli

Kunduzgi

Ta'lim muddati

2 yil

Moliyalashtirish

Kontrakt (stipendiyasiz)

Guruh kontingenti

4 ta o'rin / yo'nalish

🏥 Mutaxassislik yo'nalishlari, kvotalar va shartnoma qiymati

№Mutaxassislik yo'nalishiKvotaYillik shartnoma (stipendiyasiz)
1🫁 Reanimatologiya va anesteziologiya4 ta o'rin17 500 000 so'm
2🩺 Umumiy onkologiya4 ta o'rin30 000 000 so'm
3🔬 Tibbiy radiologiya4 ta o'rin35 000 000 so'm

Izoh: Guruhlarda ajratilgan o'rinlar soni cheklanganligi sababli, nomzodlarni saralash tanlov va suhbat natijalariga ko'ra amalga oshiriladi.

⭐ Dastur afzalliklari va ilmiy-amaliy baza

Malakali professor-o'qituvchilar tarkibi

O'quv jarayoni tibbiyot fanlari doktori, professor Mallaev Maqsud Muhammadievich hamda klinikaning yetakchi mutaxassislari ilmiy va amaliy rahbarligida olib boriladi.

Yuqori ulushdagi amaliy tayyorgarlik

O'quv dasturining 80% dan ortig'i klinik amaliyotga yo'naltirilgan — rezidentlar bevosita davolash-diagnostika jarayonlari hamda murakkab jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etadilar.

Ilg'or texnologik baza:

  • 🔬 Diagnostika: GE Revolution EVO (128 kesimli MSKT), Philips EPIQ Elite UZI, videoendoskopiya.
  • 🧬 Laboratoriya: Biopsiya, Immunogistoximiya (IGX), NGS.
  • 🏥 Jarrohlik: Laparoskopik, endoskopik va kam invaziv (MWA) uskunalar.

📞 Hujjatlar qabuli va aloqa

TelegramInstagram
Qo'ng'iroq
YouTubeManzil